Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida o‘zaro tajriba almashildi.

Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, ish uslublarini takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrifda doimiy komissiyalar raislari hamda mutaxassislar ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, tomonlar ilg‘or ish tajribalari muhokama qilinib, amaliy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashildi. Tashrif yakunida kelgusida hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro tajriba almashuvini izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 7