Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Mazkur uchrashuv Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” mahalla fuqarolar yig‘ini majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

📝 Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar hamda hudud aholisi ishtirok etib, deputat tomonidan hisobot davrida hududdagi mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr-mulohaza va takliflarini tingladi.

📁 Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb masalalar, jumladan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, bolalar maydonchalarini tashkil etish, mahalla hududini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan joyida muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

🔎 Vasila Alimova o‘z axborotida 2026-yilning birinchi choragi davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etganini, ushbu yig‘ilishlarda poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surganini ta’kidladi.

🔺 Shuningdek, deputat tomonidan hududdagi mahallalarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani qayd etildi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari tashkil etilishi, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10