Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Peshku tumanida ta’lim sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Peshku tumanida FHDYO organlari xizmat ko'rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Peshku tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-O‘g‘lon saylov okrugidan saylangan deputat Boboyev Mustafo Tolibovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Nurulloyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Imomovlar ishtirokida 23-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Deputat hududlarda
Deputatlik guruhi yig‘ilishi

Joriy yilning 6-aprel kuni  O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturining taqdimoti bo‘yicha O‘zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari  ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.️ Tadbirda  partiyaning Zarafshon shahar bo‘limi apparat rahbari O.Rizaqulova so‘zga chiqib,  dasturning maqsad vazifalari, dasturda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ularni amalga oshirish mexanizimlari, shuningdek  mazkur dastur  aholi muammolarini joylarda o‘rganish, tashabbuskor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat taraqqiyotida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilganligi to‘g‘risida  ma’lumot berib o‘tdi. Yig‘ilish davomida partiya faollari va deputatlik guruhi a’zolari  dastur yo‘nalishlari bo‘yicha mahalla fuqoralar yig‘inlarida  amaliy ishlarni olib borishga kelishib, re’ja qilib olindi.  Shuningdek tadbirda  “Krativ tadbirkor yoshlar”  loyihasi to‘g‘risida ham so‘z yuritilib, mahallalarda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va startap loyihalarini rivojlantirish masalalari ham  muhokama qilindi.️Tadbir davomida ishtirokchilarga biznes yuritishning zamonaviy usullari, biznes-reja tuzish va bozor talablari haqida amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5