Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Peshku tumanida ta’lim sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Peshku tumanida FHDYO organlari xizmat ko'rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Peshku tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-O‘g‘lon saylov okrugidan saylangan deputat Boboyev Mustafo Tolibovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Nurulloyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Imomovlar ishtirokida 23-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Deputat hududlarda
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida 

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan Istiqlol mahallasida hokim yordamchisining faoliyati hamda hududda bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur jarayonga Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahallada fuqarolar bandligini oshirish, ishsizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, hokim yordamchisining ish faoliyati, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va aholi muammolarini joyida hal etish mexanizmlari ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bandlikni oshirishda manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda hamkorlikdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganishlar mahalla ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/) | Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4