Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

📌 Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” mahallasida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi raisi Sayfullayev Talip Vaxabovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 16-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Li Igor Gennadevich hamda Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 20-Tepa saylov okrugi deputati Alimov Obid Karimdjonovich boshchiligida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillari, tumandagi kommunal soha mas’ullari, hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida mahalladagi qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Jumladan:

— hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish; 

— hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish; 

— aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati;

— hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

— yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini tya’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish;

— yoshlarning bo‘sh vaqtlarida sportga jalb etish;

— nogironligi bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash;

— jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki avf etilgan shaxslarni jamiyatga vijtimoiy moslashtirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda manzilli va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;

— ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib toifalarga ajratish;

— ichimlik suvi, issiq suv va elektr energiyasi ta’minoti;

— boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi;

— ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalar hamda atrofining tozaligi va yoritilishi;

— chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va maishiy chiqindilarni saralash tizimini yo‘lga qo‘yish;

— ko‘p qavatli uylar atrofida avtoturargohlar tashkil etish va tartibga solish;

— kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va avariyaviy holatlarning oldini olish;

— ko‘cha va hovlilarda yomg‘ir suvlari oqimini tartibga solish (drenaj tizimini yaxshilash);

— energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish;

— investitsiya dasturini shakllantirish.

Shuningdek, uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillarining hisobotlari tinglanib, faoliyati baholandi.

Uchrashuvda shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A.Adashboyev, D.Abdullajonov, X.Axmedjanovalar ishtirok etdilar.

✅ Qabul davomida fuqarolar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bu kabi ochiq muloqotlar hududlarda mavjud ijtimoiy va huquqiy masalalarni aniqlash hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1