O‘rganish jarayonida deputatga mahalla raisi hamrohlik qildi va hududdagi mavjud muammo, elektr ta’minotidagi uzilishlar hamda aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan deputat tomonidan masalani tizimli hal etish maqsadida shahar hokimining sohaga mas’ul o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.