Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Peshku tumanida ta’lim sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Peshku tumanida FHDYO organlari xizmat ko'rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Peshku tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-O‘g‘lon saylov okrugidan saylangan deputat Boboyev Mustafo Tolibovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Nurulloyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Imomovlar ishtirokida 23-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Jabborov Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari ishtirokida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
Hududlardagi muammolar deputat tomonidan o‘rganildi

 O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan turli muammolar yuzasidan og‘zaki va yozma murojaatlar bildirildi.

 Jumladan:

 “Rasadxona” MFY hududidagi ichki ko‘chalarning qariyb 2 km qismi yaroqsiz holga kelgani sababli ularni ta’mirlash va asfaltlashtirish zarurligi qayd etildi

 “Xo‘ja Doniyor” MFY hududida 1 km ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi

 Mahalla hududidagi ariqlarni tozalash uchun maxsus texnika ajratish zarurligi ta’kidlandi

 Deputat tomonidan mazkur murojaatlar joyida o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritilishi va amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi va deputatlik so‘rov chiqarildi.

Hududlarga chiqib, muammolarni joyida o‘rganish va ularni hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.