Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
“Umid” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

“Umid” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi M. Astanovalar joriy yilning 30-mart kuni “Umid” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordilar. Mazkur o‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi Foyziyeva Umida Olimovna tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.O‘rganish davomida aniqlanishicha, joriy yil boshidan buyon yoshlar yetakchisi tomonidan 17 nafar yosh doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan. Shu bilan birga, 4 nafar ishsiz yosh aniqlanib, ular rasmiy ravishda ishsizlar ro‘yxatiga kiritilgan hamda ularning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilab olingan.Bundan tashqari, yil boshidan “Umid” mahallasida yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan jami 10 marotaba turli yo‘nalishdagi tadbirlar tashkil etilib o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini rivojlantirish, sport va madaniy-ma’rifiy faoliyatga jalb etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgani qayd etildi.Mas’ullar tomonidan olib borilgan o‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ayniqsa ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, mahalla miqyosida yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.Mazkur o‘rganish ishlari yoshlar yetakchisi Foyziyeva Umida Olimovna faoliyatini chuqur tahlil qilish orqali mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4