Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tumanning 2026-yil 1-yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda taqdim etilgan bildirish xatlari va tegishli xulosalarga muvofiq bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mablag‘ ajratish takliflari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Ishtixon tumani hokimligida 2019–2021-yillarda qabul qilingan hujjatlarga ilmiy ishlov berish hamda ularni Kattaqo‘rg‘on arxiviga topshirish xarajatlari uchun 90 mln so‘m mablag‘ ajratish taklifi bildirildi.

Shuningdek, 2026-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud texnik vositalar va tizimlarning uzluksiz ishlashini yo‘lga qo‘yish maqsadida 117,6 mln so‘m mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Oqdaryo” suv omborining “Toytuyoq” mahallasi hududidagi 43,4 gektar yer maydonida topografik syomka ishlarini amalga oshirish uchun 124,9 mln so‘m mablag‘ ajratish taklifi ham muhokama etildi.

Kun tartibidagi yana bir masala — Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarini rag‘batlantirish uchun mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emasligi sababli mazkur masala keyingi doimiy komissiya yig‘ilishiga qoldirildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4