Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Jabborov Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari ishtirokida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan tasdiqlangan mahalla raisining asosiy vazifalari ijrosi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Peshku tumanida sport maktab-internati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat qabuli
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI

CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI

Ayni kunlarda Qiziltepa tumanidagi dala maydonlarida chigit ekish ishlari davom etmoqda. Bugun O‘rtacho‘l yulduzi hududida ham ushbu ishlar boshlab yuborildi. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ra’no Valiyeva rahbarligidagi "Valiobod" fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, tegishli mas’ullar va hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Joriy yilda O‘rtacho‘l yulduzi hududidagi 29 ta fermer xo‘jaliklarining 723 gektar maydonlarida xorijiy nav, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan "Xin Lu Zao-87" navli chigitlar terim kombaynida terishga moslab, ya’ni 76x10 o‘lchamda qo‘shqator usulida ekilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 5