Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hududlarda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Jabborov Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari ishtirokida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan tasdiqlangan mahalla raisining asosiy vazifalari ijrosi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Peshku tumanida sport maktab-internati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat qabuli
Navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi

 Navbatdagi
deputatlik so‘rovi yuborildi
 

  

🔹 24 ta mezon asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar
natijasida aniqlangan dolzarb muammolarni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputati Dilshod Karimov tomonidan aholi murojaatlari asosida
mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

🔹 So‘rovda Mindonobod MFY “O‘zbekiston ovozi”
ko‘chasida elektr ta’minotining yetarli emasligi va tashqi yoritish infratuzilmasining
mavjud emasligi aholi uchun jiddiy muammo bo‘lib qolayotgani ta’kidlanib, hududga
qo‘shimcha transformator o‘rnatish hamda 10 ta tashqi yoritish ustuni o‘rnatish
masalasini kechiktirmasdan hal etish zarurligi alohida qayd etildi. 

🔹 Shu bilan birga, mazkur ishlar qaysi dastur
yoki moliyalashtirish manbalari doirasida amalga oshirilishi, aniq ijro muddatlari
va mas’ul ijrochilar yuzasidan asoslangan ma’lumot taqdim etish talab qilindi. 

🔹
Qonunchilik talablariga muvofiq, so‘rov yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar va qabul
qilingan qarorlar haqida 10 kun muddatda yozma axborot taqdim etilishi shart. 

  

Telegram | Facebook | YouTube 

   

Slide 1 of 1