Ushbu yig‘ilishda mahallaga biriktirilgan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlik alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Muhokama davomida hududda jinoyatchilikni kamaytirish, aholining huquqiy ongini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ichki ishlar organlari va mahalla fuqarolari yig‘ini o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.