Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
Tuproqqal’a tuman Kengashining 20-sonli “Nurobod” saylov okrugidan saylangan deputat S. Axmedov fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv “Deputat mahallada” loyihasi doirasida tashkil etilib, unda mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi. Deputat aholi bilan ochiq muloqot olib borib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

Murojaatlar davomida asosan ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, bandlik hamda ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa deputat tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1