Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

      Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi hamkorligida Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✅Yig‘ilishda 2025–2026 yillar davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib borayotgani alohida ta’kidlanib, mazkur holatni chuqur tahlil qilish, har bir murojaatni joyiga chiqib o‘rganish hamda muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Tadbirda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Abduraim Ravshanovich Choriyev ishtirok etib, yig‘ilish qatnashchilariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahallalar kesimida muammolarni chuqur tahlil qilish hamda ularni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

✅Shuningdek, yig‘ilish davomida murojaatlarning asosiy sabablari, ularning yo‘nalishlari hamda muammolarni hal etishda mahalliy idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Mas’ullarga fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish, har bir masala bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

✅Yig‘ilish yakunida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda hududlarda mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1