Kambag‘allikni qisqartirish – qog‘ozda emas, amalda!
📍O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Uzun tumani "Yangi kuch" MFY hududida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Abdunzarova hamda mahalla raisi birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi.
📍O‘rganish davomida mazkur qaror ijrosi doirasida mahallamizdagi ehtiyojmand oilalarga ajratilayotgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi va ularning real daromad manbaiga aylanishi tahlil qilindi.
Xususan:
📍Kredit samaradorligi: Ajratilgan mablag‘lar hisobiga necha nafar fuqaro o‘zini-ozi band qildi?
📍Muammolar tahlili: Kredit olishda yoki faoliyatini boshlashda to‘sqinliklarga uchrayotgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
📍Xulosa o‘rnida: Kambag‘allikni qisqartirish faqat moddiy yordam berish emas, balki aholini mehnatga motivatsiya qilish va sharoit yaratib berishdir. Senat qarorida belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratim ostida qoladi.