Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha hududdagi Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha hududdagi madaniyat muassasalari o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha 29-sonli umumta’lim maktabi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputatlar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R. Sharipov tomonidan o‘zining saylangan 9-Bobohaji saylov okrugida tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan bugun, 02-mart kuni So'sana mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.
18-Talliota saylov okrugi deputati hududda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Siddiqov Talliota mahallasida bo‘lib, faxriylar va mahalla faollari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvda Ramazon oyining ma’naviy ahamiyati, insonparvarlik va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish masalalari keng muhokama qilindi. Ayniqsa, ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda salomatligi sababli uy sharoitida davolanayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, iftorliklarni sodda va tartibli tashkil etish, ortiqcha dabdabaga yo‘l qo‘ymaslik hamda ajratilgan mablag‘larni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yo‘naltirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida nuroniylardan ushbu ezgu chaqiriqlarni jamoatchilik orasida, xususan, taroveh namozlarida ham keng targ‘ib qilish orqali mahallada hamjihatlik va mehr-muruvvat muhitini yanada mustahkamlash so‘raldi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4