Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payariq tumani Boshqo'rg'on mahallasi "Cho'rash" oilaviy shifokorlik punktida fuqoralarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
янв.21
"Oqtosh" mahallasidagi fuqarolarning murojaatlari o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 9-Botmon saylov okrugi deputati Z.Turdiyev
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputat Kasimova Saodat Shirinboevna
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi
янв.21
Fuqarolarning fikr-mulohazalari o'rganilib, zaruriy tushunchalar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati Dehqonova Fotima.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 5-Samarkand saylov okrugidan saylangan deputat Kasimova Saodat Shirinboevna.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 16 -Mustaqilik okrugi saylangan deputat Kazakova Muhabbat Kaxarovna.
Ishtixon tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida o‘rganishlar olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi turmush darajasini oshirish, oilalarning iqtisodiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur dastur doirasida “mahalla yetakchilari”, tijorat banklari, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda faol tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholining o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini ta’minlash, ishtiyoqmand fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilishga keng jalb etish maqsad qilingan.

Ishtixon tumanida ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Kengashining 24-Qulchara saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberganova Gulpashsha Sharipovna tomonidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida oilalarning tomorqa yerlaridan foydalana olish imkoniyatlari, o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun mavjud sharoitlar, kredit va subsidiya mexanizmlari, kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlar chuqur tahlil qilindi.

Deputat tomonidan aholining iqtisodiy faolligini oshirish, xususan, kambag‘al qatlamni dastur doirasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha amaliy choralar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Ishtixon tumanida ushbu dastur asosida fuqarolarga kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, o‘z tomorqasini daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari berilishi orqali ularning iqtisodiy mustaqilligi va farovonligi ta’minlanmoqda. 

Slide 1 of 3