Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
2026-yil 21-oktabr kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining DKQ03-04/100-26-son qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov G‘allakor mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Beshqorgon mahallasida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlangan yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘roviga Payariq TETK mutaxassislari tomonidan berilgan javobga ko‘ra, Boshcho‘rosh mahallasining Boshcho‘rosh-2 qishlog‘ida transformatorga yuklama ortgani hamda elektr uzatish havo tarmoqlari eskirgani aniqlangan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova Tohirshayx mahallasida xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANDI VA YO‘L BELGILARI O‘RNATILDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANDI VA YO‘L BELGILARI O‘RNATILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumanidagi “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining murojaatlari asosida yo‘llangan deputatlik so‘rovlari yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

📩 Avvalroq deputat tomonidan Chimkent ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagining ta’mirtalab holati, avtomobillarning tartibsiz to‘xtab turishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so‘rovlari yuborilgan edi.

🚶‍♂️ Xususan, Chimkent ko‘chasi, 2-uy yonidagi piyodalar yo‘lagining torligi, asfalt qoplamasining yaroqsiz holga kelgani va uyga kirish qismida harakatlanish uchun noqulayliklar mavjudligi mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan asosiy muammolardan biri bo‘lgan.

🔎 Yuborilgan dastlabki deputatlik so‘rovi asosida hududda o‘rganish o‘tkazilib, piyodalar yo‘lagi qoplamasida deformatsiyalar va chuqurliklar mavjudligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

📋 Biroq Mirobod tumani hokimligining dastlabki javobida ta’mirlash ishlarini ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi va ular tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqligi bildirilgan.

⚖️ Deputat Otabek Jiyanboyev fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishi bilan bog‘liq muammo amalda hal etilmaganini inobatga olib, 30-sentabr kuni takroriy deputatlik so‘rovini yo‘lladi.

🏗 Natijada “Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi” mas’ul xodimi ishtirokida hudud qayta o‘rganilib, Chimkent ko‘chasi, 2-uy yonidagi 20 metr uzunlikdagi yo‘lakka ikkinchi navli quruq asfalt yotqizildi va taxminan 1,5 metr kenglikdagi piyodalar yo‘lagi shakllantirildi.

📸 Amalga oshirilgan ishlarning ta’mirdan oldingi va keyingi holatini aks ettiruvchi fotosuratlar rasmiy ma’lumotga ilova qilingan. Shuningdek, Mirobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga yo‘lakdagi ishlarni sement suvoq bilan yakunlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lib, mazkur ishlar davom etmoqda.

🚦 Deputatlik so‘rovlari doirasida Chimkent ko‘chasi, 1-uy oldida hamda Chimkent va Buyuk Turon ko‘chalari tutashgan hududda avtomobillarning tartibsiz to‘xtab turishi bilan bog‘liq masala ham o‘rganildi.

🚗 Mazkur holat piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatayotgani sababli mas’ullar mahalla faollari bilan hamkorlikda hududni ko‘zdan kechirdi.

💡 O‘rganish natijasida Chimkent ko‘chasiga 3 dona 3.27 — “To‘xtash taqiqlangan”, 1 dona 7.2.3 — “Ta’sir oralig‘i” hamda 1 dona 7.2.4 — qo‘shimcha axborot yo‘l belgisi o‘rnatildi. Shuningdek, belgilarni joylashtirish uchun 3 dona ustun o‘rnatilib, mavjud 1 dona “Yo‘l bering” belgisi harakat ishtirokchilari uchun qulayroq joyga ko‘chirildi.

📁 Bundan tashqari, mazkur hududda yo‘l chiziqlarini chizish ishlari rejalashtirilgan. Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashga xizmat qiluvchi videokuzatuv hamda foto-video qayd etish kameralarini o‘rnatish masalasi esa vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda.

🔺 Deputatlik so‘rovlarining ijrosini nazorat qilish, fuqarolar murojaatlarini takroran ko‘rib chiqish va mavjud muammolarning amaliy yechimiga erishish — mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

♻️ “Sharof Rashidov” mahallasida amalga oshirilgan ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, qolgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10