Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘roviga Payariq TETK mutaxassislari tomonidan berilgan javobga ko‘ra, Boshcho‘rosh mahallasining Boshcho‘rosh-2 qishlog‘ida transformatorga yuklama ortgani hamda elektr uzatish havo tarmoqlari eskirgani aniqlangan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova Tohirshayx mahallasida xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida ijtimoiy xodim bilan uchrashib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Mahalliy budjet daromadlari ijrosi yuzasidan qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 19-oktabrdagi DKQ03-01/98-26-sonli qarori qabul qilindi.
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi deputati Sohiba Norboyeva hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini o‘rgandilar.
Kotib

O‘zaro hamkorlik-aniq natija

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Alisher Tillayev “Munavvarqori” mahallasi hokim yordamchisi bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda aholi murojaatlarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish, fuqarolar muammolariga amaliy yechim topish hamda mahalla aholisining turmush farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2