#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
📌 DEPUTATLIK NAZORATI TADBIRI O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Sherobod tumani bo‘limida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
🤝 Tashrif davomida tashkilot rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, muassasa faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi.
📋 Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
✅ Deputatlik nazorati tadbirlari davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube