Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova xotin-qizlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning bandligini ta’minlash, ish bilan ta’minlanish borasidagi murojaatlari hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-sonli “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash jarayonida fuqaro imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
2026-yil 21-oktabr kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining DKQ03-04/100-26-son qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov G‘allakor mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Beshqorgon mahallasida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlangan yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_qonun
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
📌 DEPUTATLIK ODOBI: SESSIYA VA MAJLISLARDA QANDAY QOIDALARGA AMAL QILISH KERAK?


Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati.

Deputatlik odobi — xalq vakilining mas’uliyati, muomala madaniyati va Kengash faoliyatiga hurmatini namoyon etuvchi muhim mezondir.

📖 2-bob. Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi deputatlik odobi

✅ 1. Majlislarda ishtirok etish majburiyati
Qoidalarning 8-bandiga muvofiq, deputat Kengash sessiyalarida, o‘zi tarkibida bo‘lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhi majlislarida ishtirok etishi shart. Ishtirok eta olmagan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli rahbarlarni oldindan xabardor qilishi lozim.

✅ 2. Muomala madaniyati va tartibga rioya qilish
9-bandga ko‘ra, deputat:
▪️ Boshqa shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi haqoratli so‘zlardan foydalanmasligi;
▪️ So‘zga chiqqanlarning fikrini bo‘lmasligi va muhokamaga xalaqit bermasligi;
▪️ Boshqalarning o‘z nuqtayi nazarini erkin bayon etishiga to‘sqinlik qilmasligi;
▪️ Asossiz ayblovlar va bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot tarqatishdan tiyilishi;
▪️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr bildirishi hamda Kengash Reglamenti talablariga rioya qilishi kerak.

✅ 3. Tashqi ko‘rinish va deputatlik hujjatlari
Deputatning tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi Kengashga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qilishi lozim. Deputat o‘z vakolati va shaxsini tasdiqlovchi guvohnomani yonida olib yurishi, ko‘krak nishonini esa ko‘kragining chap tomoniga taqishi shart.

✅ 4. Odob qoidalarini buzganlik uchun choralar
10-bandga muvofiq, majlisda raislik qiluvchi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan deputatni ogohlantirishi, uni so‘zlash huquqidan mahrum qilishi, majlislar zalini tark etishini talab qilishi yoki uning xatti-harakatlariga baho berish uchun Odob-axloq komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.

✅ 5. Ovoz berish tartibi
11-bandga ko‘ra, deputat sessiya yoki majlisda shaxsan ovoz berishi shart. Ovoz berish huquqini boshqa deputat yoki o‘zga shaxsga topshirish odob qoidalarini buzish hisoblanib, belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralariga sabab bo‘lishi mumkin.

✅ Xulosa: Deputatning majlislarda faol ishtirok etishi, qonuniy tartibga rioya qilishi, hamkasblariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va shaxsan ovoz berishi — samarali va mas’uliyatli deputatlik faoliyatining muhim talablaridir.

📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023 yil 25 martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloqi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1