#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi
❗️UCHTEPA TUMANIDAGI 5-SONLI ISSIQLIK MARKAZINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda poytaxtda kommunal ta’minot tizimlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlar davom ettirildi.
♨️ O‘rganishlarning navbatdagi manzili Uchtepa tumanida joylashgan 5-sonli issiqlik markazi bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari mazkur obyektning faoliyati, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish jarayonlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔺 Jarayonda issiqlik markazining texnik holati, mavjud qozonxona va yordamchi uskunalarning ishlash imkoniyatlari, issiqlik tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi hamda iste’molchilarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚙️ Shuningdek, isitish tizimlaridagi nosozliklarning oldini olish, texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlarini tashkil etish, avariya holatlariga tezkor munosabat bildirish hamda issiqlik markazining doimiy ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
💡 Issiqlik energiyasidan samarali foydalanish, yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfini maqbullashtirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi ham o‘rganishlarning muhim yo‘nalishlaridan bo‘ldi.
🗣 “Toshkent issiqlik markazi” MChJ boshlig‘i B. Bo‘ranboyev mas’ulligida issiqlik markazida amalga oshirilgan ishlar, mavjud texnik imkoniyatlar, mavsumga tayyorgarlik hamda aholiga ko‘rsatilayotgan issiqlik ta’minoti xizmatlarining barqarorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🏢 Shuningdek, ko‘p qavatli turar joy binolari va ijtimoiy soha obyektlarini isitish mavsumida zarur issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, tizimdagi ehtimoliy uzilishlarning oldini olish hamda favqulodda holatlarda tezkor choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
♻️ O‘rganishlarda issiqlik ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, kuz-qish mavsumida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etdi.
➡️ Poytaxtda kommunal infratuzilma va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash