Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
2026-yil 21-oktabr kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining DKQ03-04/100-26-son qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov G‘allakor mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Beshqorgon mahallasida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlangan yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘roviga Payariq TETK mutaxassislari tomonidan berilgan javobga ko‘ra, Boshcho‘rosh mahallasining Boshcho‘rosh-2 qishlog‘ida transformatorga yuklama ortgani hamda elektr uzatish havo tarmoqlari eskirgani aniqlangan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova Tohirshayx mahallasida xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 19-oktabr, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova 11-Moyqo'rg'on saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 20-oktabr, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasini navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.
🔍 Mas’ul: J. G'ulomqodirov

🗓 21-oktabr, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova 39-Minor saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 22-oktabr, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov 31-Olim Xo'jayev saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 23-oktabr, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilov 6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1