Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq bilan muloqot, murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish va aholi muammolarini hal etish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi!
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20-«Ulug‘bek» saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li o‘ziga biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib, qabulxona mudiri o‘rinbosari Mirislomov Mirshavkat bilan uchrashdi.
Xalq qabulxonasi va Prezident Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan fuqarolar murojaatlari, ularning ko‘rib chiqilishi, aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda murojaatlar bilan ishlash jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan batafsil suhbat o‘tkazildi.
📊 2026-yilning 9 oyi davomida Parkent tumani aholisidan jami 2 203 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41 taga yoki 1,8 foizga kam.
📈 Kelib tushgan murojaatlarning 1 758 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, shundan 725 tasi ijobiy hal etilgan, 1 033 tasi bo‘yicha huquqiy ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, 200 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar taqdim etilgan.
⚠️ TAHLIL DAVOMIDA AYRIM MUAMMOLI HOLATLAR HAM ANIQLANGAN
🔹 Takroriy murojaatlar ortmoqda. Joriy yilning 9 oyida 213 ta takroriy murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91 taga ko‘p. Tahlillar ayrim murojaatlar o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilmagani, fuqarolarga yetarlicha tushuntirish berilmagani takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotganini ko‘rsatgan.
🔹 Ayrim tashkilotlarda murojaatlar soni sezilarli oshgan. Jumladan, tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga 172 ta, oila va xotin-qizlar bo‘limiga 84 ta, tibbiyot birlashmasiga 80 ta murojaat kelib tushgan. Shuningdek, «Oydin», «Fayzobod», «Novdak», «Oqtepa» va «Qo‘rg‘ontepa» mahallalarida ham murojaatlar soni oshgani qayd etilgan.
🔹 Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgan. Tahlilga ko‘ra, uchta murojaat belgilangan 30 kunlik muddatdan kechiktirib ko‘rib chiqilgan. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida 39 kun, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limida 49 kun, tuman hokimligida esa 98 kun ichida natija kiritilgan holatlar aniqlangan.
🔹 Sayyor qabullarni tashkil etishda kamchiliklar mavjud. Ayrim tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan sayyor qabullar o‘tkazilmagani, qabullarni tashkil etish va ularning natijalarini elektron tizimga kiritishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan. Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda bandlik bo‘limlari tomonidan rejalashtirilgan qabullar o‘tkazilmagani ko‘rsatilgan.
🔹 Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik va xolislik masalasi ham e’tiborga olindi. Jumladan, Chinorli MFYda yashovchi fuqaroning ish o‘rnidagi ulushini oshirishga doir murojaati yuzasidan o‘rganish jarayonida fuqaro bilan bog‘lanilmasdan va uning ishtirokisiz nomidan fikrnoma rasmiylashtirilib, tizimga yuklanganligi haqida ma’lumot aniqlangan. Bunday holatlar murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik zarurligini ko‘rsatadi.
‼️ Jamoaviy murojaatlar ham alohida e’tiborni talab etadi. Joriy yilda tumanda 23 ta jamoaviy murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 6 tasi ijobiy hal etilgan. Bu esa mahalliy darajada hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va aholiga asoslantirilgan tushuntirishlar berish muhimligini anglatadi.

Slide 1 of 3