Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
Tashabbusli budjet": Surxondaryoda deputatlar tashabbusi bilan 56 ta loyiha qo‘llab-quvvatlandi

Jumladan, birinchi mavsumda umumiy qiymati 19 milliard 410 million 540 ming so‘mlik 12 ta loyiha, ikkinchi mavsumda esa 19 milliard 397 million 300 ming so‘mlik 44 ta loyiha g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, qariyb 500 million so‘mlik yana 9 ta loyihani sheriklik asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyihalar hududlardagi dolzarb muammolarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

G‘olib loyihalar ro‘yxati:
2026-yil 1-mavsum
2026-yil 2-mavsum

Ma’lumot uchun, Joriy yildan boshlab "Tashabbusli budjet" jarayonlarida deputatlarga o‘z saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topish huquqi berildi. Bunda har bir deputatga yilda 2 mavsumga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 8 000 baravari miqdorida (taxminan 3 mlrd 296 mln so‘m) mablag‘ respublika budjetidan yo‘naltiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1