Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
🔰Bandlik va oilaviy tadbirkorlik – deputat e’tiborida

🔰Bandlik va oilaviy tadbirkorlik – deputat e’tiborida

🔹O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hidirova Pahlavon mahallasida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida aholi xonadonlarida bo‘ldi.
🔹Uchrashuvlar davomida deputat fuqarolarga mavjud yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berib, ularni o‘z qiziqishi va imkoniyatlariga mos ish o‘rinlariga joylashish uchun yo‘naltirdi. Shuningdek, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar olish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔹Deputatning asosiy maqsadi – har bir oilaning daromadini oshirish, ishsiz fuqarolarni doimiy bandlikka jalb etish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🔹Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi muammolarini manzilli o‘rganish, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2