Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
 "YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI

🤝 Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi manfaatlari yo‘lida!

📍 2026-yilning yanvar–sentabr oylari davomida «Yuqori Beshqo‘rg‘on» mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash hamda fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish borasida ishlar olib borildi.

🔎 Hisobot davrida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat amalga oshirildi:

🔹 Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar va fuqarolarning holati o‘rganilib, ularning ehtiyojlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.

🔹 Fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, mavjud imkoniyatlar doirasida tegishli yordam ko‘rsatish choralari amalga oshirildi.

🔹 Ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak ko‘magini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borildi.

🔹 Bolalar, yolg‘iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy holati o‘rganildi.

🔹 Fuqarolarga mavjud ijtimoiy xizmatlar, nafaqalar va yordam turlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹 Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilindi.

⚖️ QONUN USTUVORLIGI VA IJTIMOIY HIMOYA

🔰Ijtimoiy xodim faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy davlat tamoyillari, «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi Qonun, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonunchilik talablariga rioya etish muhim ahamiyatga ega.

📚Mazkur huquqiy asoslar doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratiladi.

🤝 MFY YETTILIGI, DEPUTAT VA AHOLI OLDIDA HISOBDORLIK

✅ Mahallada ijtimoiy himoyani samarali tashkil etish MFY yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bilan chambarchas bog‘liq.

✅ Ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolarni muhokama qilish, kelgusidagi vazifalarni belgilash hamda natijadorlikni oshirishda tegishli tartibda hisobdorlikni ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Deputatlik nazorati esa mahalladagi ijtimoiy masalalarni o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini ifodalash va muammolar yechimiga ko‘maklashishning muhim vositalaridan biridir.

🌟 KELGUSIDAGI USTUVOR VAZIFALAR:

➡️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ehtiyojlarini o‘rganish;

➡️ Ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashish;

➡️ Keksalar, bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratish;

➡️ Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarini hal etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish;

➡️ MFY yettiligi, mas’ul tashkilotlar va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;

➡️ Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi va hisobdorlikni oshirish.

💡Bosh maqsad — har bir ehtiyojmand fuqaroning holatiga e’tibor qaratish, ijtimoiy himoyani manzilli tashkil etish va mahallada inson qadrini ta’minlashga ko‘maklashish.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 6