Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javashar ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan fuqaroning kadastr masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova mahallada yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan tadbirlar hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimining o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining yetakchi mutaxassisi I.Xatamov ishtirokida qurilish va kommunal sohalardagi mavjud holat hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning xavfsiz va sog‘lom muhitda ulg‘ayishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov Nakurt mahallasida ko‘cha boshilari va mahalla oqsoqollari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla hayotidagi yangiliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Oq Mang‘it mahallasida manzilli ishlar holati ko‘zdan kechirildi

Oq Mang‘it mahallasida manzilli ishlar holati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova, deputatlar A. Abdumurodov va O‘. Shukurov tomonidan Oq Mang‘it mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlashning amaldagi holati, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, fuqarolarning murojaatlari, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik masalalari, daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan individual ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik, vazifalarning o‘zaro muvofiqlashtirilishi va aniqlangan muammolarni ortga surmasdan hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada tizimli tashkil etish hamda fuqarolar muammolarini manzilli hal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.    

Slide 1 of 1