Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan aholiga yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi va uning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M. Nurmanova tomonidan mahallalarda 2026-yilning III choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari E. Mamadiyorov Yangiobod mahallasida aholi bilan uchrashib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javashar ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan fuqaroning kadastr masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova mahallada yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan tadbirlar hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o‘rganildi.
DEPUTAT TIBBIYOT BIRLASHMASINING BOLALAR BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

DEPUTAT TIBBIYOT BIRLASHMASINING BOLALAR BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

11-Yangichek saylov okrugi deputati X.Soliyeva tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy jihozlar hamda bo‘limning sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashilib, ularning ish jarayonidagi mavjud muammo va takliflari tinglandi. Bolalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish va bemor bolalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1