Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan aholiga yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi va uning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M. Nurmanova tomonidan mahallalarda 2026-yilning III choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari E. Mamadiyorov Yangiobod mahallasida aholi bilan uchrashib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javashar ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan fuqaroning kadastr masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova mahallada yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan tadbirlar hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o‘rganildi.
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR

 DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR

📚 Qonunchilik targ‘iboti — aholi bandligi, mehnat huquqlari va ijtimoiy himoya yo‘lida!

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdukayumov Abdumannop Abdumadjitovich Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish va ularning ijrosiga e’tibor qaratib kelmoqda.

⚖️ Deputatga biriktirilgan qonun hujjatlari:

🔹 «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonun — O‘RQ-642, 2020-yil 20-oktabr. Aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va fuqarolarning munosib ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi — 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan. Mehnat munosabatlari, xodimlar va ish beruvchilarning huquq hamda majburiyatlarini tartibga soladi.

🔹 «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun — O‘RQ-410, 2016-yil 22-sentabr. Mehnat jarayonida xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

🔹 «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi Qonun — O‘RQ-1101, 2025-yil 9-dekabr. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning tegishli ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilashga xizmat qiladi.

📌 Deputatlik faoliyatida qonunchilik targ‘iboti va qonunlar ijrosini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur hujjatlarning Doimiy komissiyaning ish faoliyati doirasida qonunchilik targ‘iboti va qonunlar ijrosini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Fuqarolarning mehnat huquqlari va bandlik masalalariga oid huquqiy xabardorligini oshirish hamda ijtimoiy himoya kafolatlarini mustahkamlash komissiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1