35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kazakova tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda M.Ulug‘bek mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda "Zarbdor tajribasi" asosida olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Ko‘paki mahallasida madaniy faoliyatni tashkil etish, aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish hamda sohadagi mavjud holat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov Nakurt mahallasidagi dehqon bozorida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Yangiobod mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Suhbat davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, kommunal xizmatlar sifati, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlari, ekologik muhitni yaxshilash hamda transport qatnoviga oid mavjud masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularning ijrosi holatini o‘rgandi.
янв.21
O‘rganish davomida qurilish ishlarining ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan maqsadli va samarali amalga oshirilishi, ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov hududdagi avtomobil yo‘llari holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, mavjud infratuzilma va transport qatnovi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov Oqtosh mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgan:

1) Boyovut tumanida investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari - investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish;

2) “2023-yil yanvar-may oylari davomida bandlikni ta’minlash maqsadli ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida” Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘limining hisoboti to‘g‘risida.

3) Boyovut tumanida oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan tuman hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Hamroqulovaning hisoboti to‘g‘risida;

4) Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i P.Boyjigitovning “2023-yil budjet mablag‘lari hisobidan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga olib kelinishi kerak bo‘lgan 1 dona Frontal yuk ortgich texnikasi o‘rniga boshqa turdagi og‘ir yuk tashish texnikasiga almashtirishda amaliy yordam so‘rab qilgan” murojaati to‘g‘risida;

5) Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti toʻgʻrisida;

6) Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani filiali boshlig‘i (S.Sherboyev)ning tumanda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

7) Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

8) boshqa masalalar.

Slide 1 of 8