Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari S.Norboyeva va Z.Yusupova, tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, kotibiyat mudiri J.Axunov hamda doimiy komissiya raisi A.Maxammatov ishtirokida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lanishi masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
AHOLI MUROJAATLARI YUZASIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda doimiy komissiya a’zosi Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatga biriktirilgan tashkilot — Kadastr agentligi Parkent tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
➡️ O‘rganish jarayonida Xo‘ja MFY Chamanzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi ko‘p sonli aholining murojaatlari asosiy e’tibor markazida bo‘ldi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
➡️ O‘rganishda deputatga biriktirilgan tashkilot — Kadastr agentligi Parkent tumani bo‘limi boshlig‘i D. Abduraхmonov ham ishtirok etib, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etdi.
⚖️ Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan bog‘liq masalalar doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosining ta’minlanish holati o‘rganildi.
➡️ Mazkur jarayonda qonunda belgilangan tartib-taomillarning amalda qanday qo‘llanilayotgani, aholining murojaatlari bilan ishlash holati hamda fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalarni qonunchilik talablari asosida hal etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
➡️ Qonun ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish fuqarolarning murojaatlariga faqat murojaat sifatida emas, balki amaldagi qonunchilik asosida aniq va huquqiy yechim topish nuqtayi nazaridan yondashish imkonini beradi.
➡️ Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda olib borilgan bunday o‘rganishlar, avvalo, aholi murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va mas’ul tashkilotlarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
➡️ O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, qonun talablariga qat’iy rioya qilish, aholiga zarur huquqiy tushuntirishlar berish hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
➡️ Aholi murojaati — e’tiborda, qonun ijrosi — nazoratda, hamkorlik esa amaliy natija sari xizmat qiladi.
✅ Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarini o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish hamda muammolarni qonuniy asosda hal etish deputatlik nazoratining muhim vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 5