Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
3-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

3-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 9-Dashtbog‘ saylov okrugi deputati I.Kamalov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda Kengash tomonidan tasdiqlangan eng muhim qonunlarni o‘rganish taqsimotiga muvofiq 3-oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish deputatlar faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishidan 2-band – aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati hamda 9-band – bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida muassasada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati, shifokorlar qabuli, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, dori vositalarining zaxirasi va hisobini yuritish, tibbiy hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda tibbiy xizmatlarni tashkil etish holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, muassasa faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablarining ijrosi, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Mazkur qonunlar Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganilishi belgilangan eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilar ishtirokida mavjud holat muhokama qilinib, qonunchilik hujjatlari talablarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini tizimli ravishda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3