Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
📌 O‘rganishning asosiy yo‘nalishini dehqon xo‘jaliklari faoliyatiga oid qonunchilik talablarining joylarda qay darajada bajarilayotgani, qonun bilan belgilangan huquq va imkoniyatlarning amaliyotda ta’minlanishi hamda sohaga mas’ul tashkilotlarning bu boradagi faoliyati tashkil etdi.
📚 “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-680-son Qonun 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan. Mazkur Qonun dehqon xo‘jaligini tashkil etish va yuritish, uning faoliyatini amalga oshirish, dehqon xo‘jaliklarining huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan.
📌 Qonunning joylarda to‘g‘ri ijro etilishi dehqon xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, yer va boshqa qishloq xo‘jaligi resurslaridan oqilona foydalanish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda agrar sohadagi ishlarning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
📌Deputatlik nazorati davomida, xususan:
·         ❇️ dehqon xo‘jaliklari faoliyatiga oid qonun talablarining ijrosi;
·         ❇️ dehqon xo‘jaliklarini yuritish bilan bog‘liq jarayonlarning qonunchilikka muvofiqligi;
·         ❇️ sohaga oid huquqiy talablarning amaliyotda qo‘llanilishi;
·         ❇️ dehqon xo‘jaliklarining qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash;
·         ❇️ qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi
kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
📌Qonun ijrosini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday o‘rganishlar orqali qonun hujjatlarida belgilangan talablarning faqat qog‘ozda qolib ketmasdan, bevosita hududlarda amalda bajarilishi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
📌 Shu nuqtayi nazardan, deputatlik nazorati davomida sohaga mas’ul tashkilotlarning qonun hujjatlari talablariga rioya etishi, aniqlangan masalalarga o‘z vaqtida munosabat bildirilishi va dehqon xo‘jaliklari bilan bog‘liq jarayonlarda qonuniylikning ta’minlanishi muhimligi qayd etildi.
📌Shuningdek, tumandagi qishloq xo‘jaligi sohasining bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan ham tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.
📌 O‘rganish yakunida “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, dehqon xo‘jaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sohaga oid masalalarni o‘z vaqtida hal etish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Dehqon xo‘jaliklari — agrar sohaning muhim bo‘g‘ini!
✅ Qonuniylik — barqaror faoliyat garovi!
✅ Har bir qonun — amaliyotda ijro etilishi bilan ahamiyatli!

Slide 1 of 3