Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan aholiga yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi va uning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M. Nurmanova tomonidan mahallalarda 2026-yilning III choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari E. Mamadiyorov Yangiobod mahallasida aholi bilan uchrashib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javashar ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan fuqaroning kadastr masalasiga oid murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova mahallada yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan tadbirlar hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Begaydarov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi o‘rganildi.
💻 42-SON DMTTDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 17-Chig‘atoy qal’a saylov okrugi deputati Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov bilan birgalikda Shovot tumani “Mevazor” mahallasida joylashgan 42-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati davomida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish holati o‘rganildi.
📚 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, interaktiv vositalardan foydalanish hamda tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy ta’lim muhitini yaratish holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan ehtiyojlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
⚖️ O‘rganish ishlari “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-595-son) talablari asosida olib borildi.
🤝 Maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish.