Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov Nakurt mahallasida ko‘cha boshilari va mahalla oqsoqollari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla hayotidagi yangiliklar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishida tumanda yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova aholi bilan uchrashib, bandlik masalalari yuzasidan yaqindan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-Urtasaydov saylov okrugi deputati L.Djamolova yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi 78-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda hokimlik xodimi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov aholi kundalik hayotida eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning narx-navosi hamda bozorlarda mahsulotlar yetarliligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari S.Norboyeva va Z.Yusupova, tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, kotibiyat mudiri J.Axunov hamda doimiy komissiya raisi A.Maxammatov ishtirokida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lanishi masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
#infografika

MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?

Mahalliy Kengash qarori — shunchaki hujjat emas. U hududdagi muayyan masalani huquqiy jihatdan tartibga solish, mavjud muammoga yechim topish va qabul qilingan qarorni amaliy natijaga aylantirishga xizmat qiladigan muhim huquqiy hujjatdir.

Shu bois qaror loyihasini ishlab chiqish jarayoni tizimli, huquqiy asoslangan, tahliliy va ochiq tashkil etilishi muhim.

Qaror loyihasi “E-Kengash” elektron tizimi orqali ishlab chiqiladi. Masalaning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislari, davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar jalb etilgan holda ishchi guruhlar shakllantirilishi mumkin.

Jarayonda, avvalo, amaldagi qonunchilik va uning amaliyotdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Muammoning kelib chiqish sabablari, mavjud huquqiy bo‘shliqlar va ziddiyatlar aniqlanadi. Eng muhimi, qaror kimning manfaatiga xizmat qilishi, uning ijrosi qanday natija berishi va fuqarolar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi oldindan ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, mutaxassislar va jamoatchilikning takliflari o‘rganilib, zarur hollarda ilg‘or xorijiy tajriba ham tahlil qilinadi. Qarorning moliyaviy-iqtisodiy oqibatlari, uni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ miqdori va moliyalashtirish manbalari ham oldindan asoslantiriladi.

Chunki sifatli qaror — faqat to‘g‘ri yozilgan hujjat emas. Sifatli qaror — muammoni aniq ko‘rsatadigan, huquqiy jihatdan asoslangan, moliyaviy manbasi belgilangan, ijrosi nazorat qilinadigan va eng muhimi, fuqaroga real natija beradigan qarordir.

Bugungi mahalliy Kengash — faqat qaror qabul qiluvchi organ emas, balki hudud rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi, jamoatchilik fikrini inobatga oluvchi va davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim demokratik institutdir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash