Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-O‘rtasaydov saylov okrugi deputati L.Djamalova “Taraqqiyot” MFY Choporoshlibola qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.O xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan 50-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyevning belgilangan marshrut asosidagi o‘rganishlari Toshhovuz mahallasida davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova “Taraqqiyot” MFYda joylashgan 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-20-6-7-100-K/26-son qarori amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G‘.Eltayev tomonidan Yangi Hayot mahallasida joylashgan bozor hududi va unda aholi hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev o‘z saylov okrugiga qarashli Nakurt mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalar bajarilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan Farovon MFY hududidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari o‘rganildi
“Qashqar” mahallasidagi 5-sonli maktab oldida yo‘l harakatini tartibga solish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Qashqar” mahallasidagi 5-sonli maktab oldida yo‘l harakatini tartibga solish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi “39-Minor” saylov okrugi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumani “Qashqar” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabi oldida transport harakatini tartibga solish va tirbandliklarning oldini olish masalasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.T. Idirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan deputat Nigora Eshmetovaga yo‘llangan murojaat hamda hududdagi ijtimoiy soha obyektlari va mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar asosida tayyorlandi. Murojaatda Markaz-4 hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabi oldidagi yo‘lda transport harakati bilan bog‘liq muammolar mavjudligi qayd etilgan.

🔺 Mahalla murojaatida mazkur hududda o‘rnatilgan “Kirish taqiqlangan” yo‘l belgisi sabab mahalla aholisi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari, shuningdek, ushbu hududdan foydalanuvchi fuqarolarning harakatlanishida qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirilgan.

🚗 Ayniqsa, maktabda darslarning boshlanishi va tugashi vaqtida transport harakatining keskin ortishi hamda tirbandliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlangan. Shu sababli hududdagi amaldagi harakatlanish tartibini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish zarurati mavjudligi qayd etilgan.

🕖 Fuqarolar tomonidan muammoning yechimi sifatida soat 07:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘lning bir tomonlama harakatlanish tartibini joriy etish, zarur hollarda esa transport vositalarining ikki tomonlama harakatlanishiga ruxsat berish imkoniyatlarini o‘rganish taklif qilingan. Shuningdek, aholi uchun eng maqbul harakatlanish tartibini belgilash va tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan.

💡 Deputatlik so‘roviga asos bo‘lgan mahalla murojaatiga hududdagi mavjud transport holatini aks ettiruvchi fotosuratlar ham ilova qilingan bo‘lib, ularda maktab atrofi va unga tutash yo‘lda avtomobillar harakati hamda to‘planishi holatlari ko‘rsatilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Nigora Eshmetova tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i v.b. I.T. Idirovdan Yunusobod tumani “Qashqar” MFY, Markaz-4 hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabi oldidagi yo‘l holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish so‘ralgan.

🚦 Xususan, mazkur hududda tirbandliklarning oldini olish, transport vositalarining harakatlanish tartibini qayta ko‘rib chiqish hamda zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasini o‘rganib, tegishli choralarni belgilash deputatlik so‘rovida alohida qayd etilgan.

📁 Shuningdek, o‘rganish natijalari va ko‘riladigan choralar yuzasidan 10 kun muddatda tegishli ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Qashqar” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabi atrofida o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa fuqarolarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan mazkur masala deputat Nigora Eshmetova tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1