Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan Farovon MFY hududidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
mahallalardagi mavjud resurs va imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishga joylashishga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari tahlil qilinmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiya a'zosi X.Xudayberdiyeva tomonidan saylov okrugida aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova va tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Isroilova tomonidan hududda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G‘.Eltayev tomonidan Bunyodkor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Joriy yilning 23-sentabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 21-sentabrdagi VII-37-173-7-0-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Payariq tumani Toshxovoz mahallasida mulkdorlar ishtirokida ochiq muhokama o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalar bajarilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Payariq tumaniga tashrifi davomida Choshtepa mahallasidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi o'tkazildi

 Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 42-sessiyasi
o'tkazildi


Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi
deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot
rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.


🗓 Sessiya kun
tartibida 4 ta masala
ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.



1️
⃣ Oqqo‘rg‘on tuman mahalliy byudjetining 2026-yil II-chorak yakuni bilan
aniqlangan ijrosini tasdiqlash to‘g‘risida;



2️
⃣ Oqqo‘rg‘on tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik”
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida;



3️
⃣ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil
22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida
mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan
ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish
chora-tadbirlari haqida”gi KQ-360-V-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida;



4️
⃣ Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashining 2023-yil 25-avgustdagi
“Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashi deputatlarining “Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi VI-77-106-10-133-K/23-sonli
qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;



Sessiya kotibi etib 24-“Xosildor” saylov okrugidan deputat Xudaynazarova Ulug‘oy Ismailovna saylandi.


✍️ Qabul
qilingan qarorlar "E-Kengash.gov.uz" saytida e'lon qilindi.



Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish
👇


https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==
  

Slide 1 of 8