Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori v.v.b. M.Mamatov hamda mas’ullar tomonidan Ko‘paki mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi asosida muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan mahalladagi soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan O‘zbekiston mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, Kengashning 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova hamda tuman hokimligining ijro intizomi bo‘yicha mutaxassisi J.To‘qsonboyev ishtirokida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Aholini daromad manbai bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kameralar o‘rnatilishi o‘rganildi
24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar “Tinchlik” MFY hududida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mavjud masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar 24 ta Tavsiyada belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.