Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori v.v.b. M.Mamatov hamda mas’ullar tomonidan Ko‘paki mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi asosida muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan mahalladagi soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan O‘zbekiston mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, Kengashning 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova hamda tuman hokimligining ijro intizomi bo‘yicha mutaxassisi J.To‘qsonboyev ishtirokida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Aholini daromad manbai bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kameralar o‘rnatilishi o‘rganildi
YORDAM BERIŞNING ENG TÖĞRI YÖLI DAROMAD MANBASINI YARATIŞ!

YORDAM BERIŞNING ENG TÖĞRI YÖLI DAROMAD MANBASINI YARATIŞ!

♾ Ba’zida insonga tayyor yordamdan köra, özini özi ta’minlaşi uçun imkoniyat kerak.
👍 Jomboy tumani deputatlari taşabbuslarida bunday yondaşuvning bir neçta misoli bor.

Farhod Abdurahmonov — fuqaro Qudrat Abdurayimovga “Doctor-J” xususiy klinikasida 10 kunlik bepul davolaniş imkoniyatini yaratdi. Şu bilan birga, uni daromad manbasi va bandlik bilan ta’minlaş maqsadida 10 million söm imtiyozli kredit asosida asalariçilik bilan şuğullanişiga kömaklaşdi.

Komil Hojiyev — Toşkent mahallasidagi Muhabbat Ummatovaga tikuv maşinasi olib berilişiga yordamlaşdi. Bu oddiy jihoz emas, oila uçun mehnat qiliş va qöşimça daromad topiş imkoniyati böldi.

Ziyodulla Qurbonov — fuqaro Malika Komilovaning bolalar nafaqasi olişiga amaliy yordam berdi, homiylarni jalb qildi va unga 3 million söm moddiy kömak körsatilişiga erişdi.

Guli Ibragimova — fuqaro Munira Temirovaning uyini ta’mirlaş uçun 15 million söm mablağ ajratilişiga yordam berdi. Bundan taşqari, homiylarni jalb qilgan holda qöşimça quriliş materiallari ham berildi.

✅Bir qaraşda oddiy masalalar. Ammo, barçasining markazida bitta maqsad bor: aholi muammosini eşitiş va imkoni boriça amaliy yeçim topiş!

Slide 1 of 4