35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida hokim yordamchisi bilan birgalikda fuqarolarning murojaati tinglanib, o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan M.Ulug‘bek mahallasida hududdagi yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Sh.T.ning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ko'zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan okrugda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida o'rganish olib borildi.
янв.21
#Deputatlar_faoliyati
янв.21
Payariq tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha manzilli ishlar izchil olib borilmoqda Navbatdagi o‘rganish ishlari Mustaqillik mahallasida tashkil etilib, tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev mas’ullar hamrohligida mahalladagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdi O‘rganish davomida xonadonlarning iqtisodiy imkoniyatlari, band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#okrugda_organish
янв.21
#Deputatlar_faoliyati
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “1-Ultarma” saylov okrugi deputati Z.Prxonova hududiga kiruvchi “Dasht” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi A.Abduraxmonovlar tomonidan 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

🔼O‘rganish davomida mazkur mahalla Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida tanlab olinganligi hamda hududni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅Loyiha doirasida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida 2 dona sug‘orish qudug‘i qazish rejalashtirilgan bo‘lib ayni payitda quduq qazish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

✅O‘rganish yakunida loyihaning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3