Yashil makon va hudud obodligi o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan tuman tibbiyot muassasasida hududning obodonligi va ko‘kalamzorlashtirilganlik holati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida hududdagi yashil maydonlar, daraxtlarning parvarishi, obodonlashtirish ishlari hamda sanitariya holatiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni asrash va obod muhit yaratish muhim vazifalardan biridir.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!