Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Tuproqqal’a tumani hokimi birinchi o‘rinbosari S. Sultonovning tumanda xususiylashtirish dasturi ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti deputat I. Qalandarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi P. Rahmonov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumanda xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.
Mazkur masala yuzasidan o‘rganish natijalari Kengashning navbatdagi sessiyasida muhokama qilish uchun tayyorlandi.