35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida hokim yordamchisi bilan birgalikda fuqarolarning murojaati tinglanib, o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Sh.T.ning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan M.Ulug‘bek mahallasida hududdagi yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi.
янв.21
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ko'zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan okrugda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida o'rganish olib borildi.
янв.21
#Deputatlar_faoliyati
янв.21
Payariq tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha manzilli ishlar izchil olib borilmoqda Navbatdagi o‘rganish ishlari Mustaqillik mahallasida tashkil etilib, tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev mas’ullar hamrohligida mahalladagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdi O‘rganish davomida xonadonlarning iqtisodiy imkoniyatlari, band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#okrugda_organish
янв.21
#Deputatlar_faoliyati
Deputat yon daftari – samarali deputatlik faoliyatining muhim vositasi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari faoliyatida "Deputat yon daftari"dan foydalanish deputatlik vakolatlarini tizimli, samarali va natijador amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur yon daftarda deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar jamlangan. Jumladan, O‘zb Resning deputatlik faoliyatiga oid muhim qonun hujjatlari, deputat saylangan saylov okrugi, tuman mahallalarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, mavjud muammolar, infratuzilma obyektlari va boshqa tahliliy ma’lumotlar o‘rin olgan.

Shuningdek, yon daftarda deputat so‘rovlari, saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar qabullari, manzilli o‘rganishlar, aniqlangan muammolar hamda ularning ijrosi bo‘yicha alohida qayd jurnallarining yuritilishi deputatlik faoliyatini muntazam nazorat qilish, monitoring olib borish va ijro intizomini ta’minlashda muhimdir.

Tuman Kengashi deputati O.Abdullayev

Slide 1 of 1