35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli holat o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Fitrat mahallasida hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 31-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi


🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Davron Teshaboyev tomonidan Chinoz tumani Ekopolitsiya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

❇️ O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududlarda ekologik holatni yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📋 Shuningdek, hududlarda ekologik holatni o‘rganish, chiqindilarni boshqarish, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan bo‘lim mas’ullari bilan fikr almashildi.

🔹 O‘rganish jarayonida hududlarning ekologik holatini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

♻️ O‘rganish yakunida bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda hududlarda obodonlashtirish va tozalik ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3