35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli holat o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Fitrat mahallasida hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 31-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O.Qurbonov bilan hamkorlikda “Quduqlik” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning yashash sharoiti va ijtimoiy holatini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurdi.

O‘rganish davomida Abadiyat ko‘chasi, 5-tor, 2-“V” xonadonda yashovchi M.Umarova xonadoniga borilib, uning yashash sharoiti, ijtimoiy holati hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida Sanoatqurilishbank vakillari ham ishtirok etib, fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun 100 mln so‘mgacha miqdorda imtiyozli kredit olish imkoniyatlari haqida ma’lumot va takliflar berildi.

Suhbat davomida M.Umarova oliy ta’lim muassasasining 2-bosqichini tamomlagani, biroq to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lay olmaganligi sababli o‘qishini davom ettira olmaganini ma’lum qildi.

Mazkur masala yuzasidan fuqaroning ta’limini davom ettirishiga ko‘maklashish maqsadida shahar Yoshlar agentligi rahbariga M.Umarovaning oliy ta’limdagi o‘qishini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, imkoniyatlardan kelib chiqib “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali to‘lov-kontraktini to‘lashga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.

O‘rganish davomida fuqaroning nafaqat ijtimoiy, balki ta’lim va bandlik bilan bog‘liq masalalarini ham hal etishga kompleks yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5