35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli holat o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Fitrat mahallasida hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 31-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
SERIKBAY USENOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI SERIKBAY USENOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 34-“Turkiston” saylov okrugidan saylangan deputati Serikbay Usenov Yunusobod tumanida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ishlar hamda aholi murojaatlari yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida hisobot berdi.

🤝 Uchrashuvda Yunusobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Toshkent shahar Kengashi kotibiyati vakillari, “Turkiston”, “Katta Xasanboy”, “Astrobod”, “Tiklanish”, “Sharq Haqiqati” mahallalari raislari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, faollar va fuqarolar ishtirok etdi.

🏗 Axborotda Katta Xasanboy, Turkiston va Astrobod mahallalarida kompleks rivojlantirish dasturi asosida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgani alohida qayd etildi. Hududlarda ichki yo‘llarni asfaltlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, sug‘orish tarmoqlarini yangilash, yashil hududlar yaratish, bolalar va sport maydonchalari qurish hamda ko‘p kvartirali uylarning fasadlarini ta’mirlash ishlari olib borildi.

🛣 Xususan, “Turkiston” mahallasida 1,5 kilometr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizilib, qariyb 2 kilometr piyodalar yo‘lagi zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Sug‘orish tizimlari yangilanib, 200 ga yaqin yangi ko‘chat ekildi, shuningdek zamonaviy bolalar maydonchasi tashkil etildi.

🏢 “Astrobod” mahallasida 8 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlandi, hududdagi qariyb 1 kilometr ichki ko‘cha asfaltlandi. Bundan tashqari, mahallaning 7-mavzesidagi 3-, 4-, 5- va 10-sonli uylar hududida bolalar maydonchasini tashkil etish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilgani qayd etilgan.

🌳 “Katta Xasanboy” mahallasida qariyb 3 kilometr yo‘l mukammal ta’mirlandi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida yashil bog‘ tashkil etilib, uning hududida workout maydonchasi va bolalar o‘yingohi barpo etildi.

🏫 “Uch Qahramon” mahallasidagi 265-sonli umumta’lim maktabi tegishli dastur asosida mukammal ta’mirlanib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi.

🔧 Shuningdek, okrugdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish natijasida kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq ayrim masalalar ham bartaraf etildi. Jumladan, hududdagi 6-tor ko‘chada kanalizatsiya tarmog‘ining ta’mirtalab qismi qayta tiklangan, “Sharq Haqiqati” mahallasidagi 313-sonli maktabning yaroqsiz holga kelgan isitish tizimi quvurlari almashtirilgan.

🔺 Uchrashuv davomida mahalla ichki yo‘llari, ko‘cha yoritgichlari, kommunal infratuzilma, obodonlashtirish, bolalar maydonchalari va aholi xavfsizligiga oid masalalar ham muhokama qilindi. Xususan, “Sharq Haqiqati” mahallasi hududida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masala ko‘tarilib, uni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish zarurligi bildirildi.

🔎 Deputat fuqarolar tomonidan bildirilgan savol va takliflarni tinglab, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalarni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kiritish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgiladi.

✅ Yakunda Serikbay Usenov “Turkiston”, “Katta Xasanboy”, “Astrobod”, “Uch Qahramon”, “Sharq Haqiqati” va 34-“Turkiston” saylov okrugidagi boshqa mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, infratuzilma va obodonlashtirish ishlarini izchil olib borish hamda fuqarolar murojaatlarini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7