35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori v.v.b. M.Mamatov hamda mas’ullar tomonidan Ko‘raki mahallasida kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 23-Pong saylov okrugi deputati M.Nurmanova tomonidan Beshqo‘rg‘on mahallasida fuqarolar yig‘ini faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Javshar ota mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Murojaat o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi
янв.21
Payariq tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tobora yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Tuman markazining qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish borasidagi ezgu ishlar esa izchil davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan 19-Ravot saylov okrugida hududdagi avtomobil yo‘llarining holati, ularni saqlash va ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 10-Darvishiq saylov okrugi deputati A.Maxammatov tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi boshlig‘i K.Xudaykulovning aholini doimiy va vaqtincha bandlikka jalb etish, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash, shuningdek, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida tadbirkorlarning parrandachilik faoliyati o‘rganildi.
Kengash_faoliyati

#ekspert_guruhi

Bandixon tumanida Kengash Kotibiyatining Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish hamda Kengash qarorlari va qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasida Kotibiyat tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyatida tuman Kengashi raisi, ekspert guruhi raisi E.Jurayev raisligida Ekspert guruhining navbatdagi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kotibiyat tomonidan o‘tgan hafta davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, 162 ta qonun hujjatlari yuzasidan tuzilgan savolnomalar bo‘yicha deputatlik nazorati natijalari hamda mas’ul tashkilotlardan kelayotgan javob xatlarining sifati tahlil qilindi.

Tuman Kengashi raisi E.Jurayev doimiy komissiyalar ish faoliyatini yanada jonlantirish, Kengash qarorlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan qat’iy monitoring o‘rnatish yuzasidan Kotibiyat xodimlariga tegishli vazifalar belgilab berdi.

Slide 1 of 1