35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash hamda moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.
янв.21
O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda oilada tenglik va adolat tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli qonunchilik islohotlari amalga oshirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bilan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli qaroriga asosan, “Turon” yakka kurashi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgan sportchi o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida 41 600 000 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Toxirshayx mahallasida hududni rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi “Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi VII-30-90-7-100-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazilib, unga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi hamda bu boradagi huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilinadi:

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilinadi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 7-sentabr, dushanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha va Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirlgan.

Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish hamda tegishli ma’lumotlarni shakllantirish.

🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 8-sentabr seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinadi.


Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida mahallalarda o‘rganishlar tashkil etish.


🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova


🗓 9-sentabr chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanovning “Elparvar” MFY raisi, yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalish doirasida hududida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini o‘rganadi;

🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 10-sentabr payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov “Ch.Darboza” mahalla raisi, yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalish doirasida hududida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini o‘rganadi;


🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 11-sentabr juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi tomonidan 19¹-modda asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosining holatini va o‘zlariga taalluqli Qonunlar doirasida hududlardagi tashkilotlar faoliyatini hududlarga chiqib o‘rganish.


🔍 Mas’ul: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

❗️ Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan. Kengash deputati Haftalik rejada belgilnagan kunda tadbiorda ma'lum sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan taqdirda kotibiyat mudiri va bosh mutaxassisi ishtirok etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1