35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli holat o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Fitrat mahallasida hududda amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari E.Mamadiyorovning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 31-sessiyasida Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ham ishtirok etib, sessiya jarayonlarini kuzatdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining YouTube kanalida deputatlar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar va lavhalarni kuzatib boring!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida sessiya kotibi etib 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna nomzodi taklif etildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova hamda tuman hokimining o‘rinbosari bosh mutaxassisi A.Begaydarov tomonidan hududdagi transformatorlarning kuz-qish mavsumida barqaror va xavfsiz ishlashga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
INKABOD MAHALLASIDA AVTOMOBIL YO‘LI TA’MIRLANMOQDA

INKABOD MAHALLASIDA AVTOMOBIL YO‘LI TA’MIRLANMOQDA

🚧 Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026 yil 3 martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Inkabod mahallasi Chorbog‘ qishlog‘i – Padang qishlog‘ini bog‘lovchi avtomobil yo‘lining 0–4 kilometr qismida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🔎 Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashi bosh mutaxassisi E.Isoqov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida mazkur hududda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📌 Ma’lumot uchun: loyiha doirasida avtomobil yo‘lining 2,5 kilometr qismiga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
💰 Loyihaning qiymati 2 mlrd 150 mln so‘mni tashkil etadi.

✅ Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun qulay transport infratuzilmasini yaratish, ichki yo‘llar sifatini yaxshilash hamda aholining uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.

🤝 O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4